Reproduktiv yosh nima?
Reproduktiv yosh – bu inson hayotida u farzand ko’rishga qodir bo’lgan davr. Ayollarda o’rtacha 14 yoshdan 49 yoshgacha davom etadi, erkaklarda reproduktiv yoshning yuqori chegarasi yo’q.
Bu vaqt davomida reproduktiv tizim faol holatda bo’ladi. Bu degani, uning sog’lig’ini saqlash kerak va yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish kerak. Axir, agar erkak yoki ayol oilani to’ldirishni rejalashtirishmasa ham, ushbu tizim organlari faoliyatidagi
buzilishlar sog’liq holatini jiddiy ravishda yomonlashtiradi, hayot sifatiga yomon ta’sir qiladi va jiddiy muammolarga sabab bo’lishi mumkin.
Keling, farzand ko’rishga bevosita ta’sir qiladigan qanday muammolar tez-tez uchraydi va ularni qanday yengishingiz yoki ularning paydo bo’lishiga yo’l qo’ymasligingiz haqida gaplashaylik.

Tuxumdon polikistozi
Tuxumdonlarda bir nechta kistalar hosil bo’lishi shunday nomlanadi. Ushbu sindrom nima uchun xavfli? Kistlar follikullarning ovulyatsiya va pishib etish jarayonlarining buzilishi tufayli yuzaga keladi. Va bu shuni anglatadiki, polikistozda hayz sikli buziladi, ba’zida ovulyatsiya va hayz ko’rish butunlay yo’qoladi va homilador bo’lish ehtimoli keskin kamayadi. Bundan tashqari, ayolni og’riq bezovta qiladi, terining va sochlarning holati yomonlashadi.
Tuxumdon polikistozi bo’lgan ayollarning 70 foizida metabolik sindrom, ya’ni insulin ishlab chiqarishning ko’payishi va glyukoza o’zlashtirish yomonlashishi aniqlanadi. Bundan tashqari, aynan insulin miqdorining oshishi tuxumdonlar funktsiyasi yomonlashishiga olib keladi deb hisoblanadi. Shuning uchun ko’p hollarda insulinga sezgirlikni normallashtirish tuxumdon polikistozi bilan kurashishga va muntazam siklni tiklashga yordam beradi. Inozit, alfa-lipovaya kislota, D3 va B9 vitaminlari kabi tabiiy moddalar yaxshi samara beradi.
Endometrioz
Endometriyal hujayralar (bachadonning ichki qatlami) bachadon bo’shlig’idan chiqib, tuxumdonlar, bachadon naychalari, qorin parda, siydik pufagi va boshqa organlarda joylashib o’sishi mumkin. Shu bilan birga, sikl davomida endometriy o’choqlari bo’shashadi, qon ketadi va hajmi oshadi. Ushbu holat endometrioz deb ataladi.
40-80% ayollarda tos suyagi og’rig’i endometrioz tufayli yuzaga keladi. Og’riq belda, dumbada, belni pastki qismida (zararlanishiga qarab) bo’lishi mumkin. Endometriozning boshqa belgilari: qorinning pastki qismida og’irlik hissi, yopishqoq ajralma kelishi , shuningdek uyquchanlik, asabiylashish va ish qobilyatini pasayishi kabilardir. Bundan tashqari, endometrioz jinsiy aloqada sezilarli noqulaylikka olib keladi, ba’zida ayolni yaqinlikdan butunlay voz kechishga majbur qiladi. Endometrioz bepushtlikka olib kelishi mumkin. Endometriozni davolash turli xil strategiyalarni o’z ichiga oladi. Dastlabki bosqichlarda o’simlik preparatlarini qabul qilish yaxshi natija beradi, bu to’qimalarning ko’payishi jarayonlarini tartibga soladi va bezovtalikni kamaytiradi.


Mastopatiya
Mastopatiya – bu sut bezlaridagi turli xil qattiqlashishidir. Birlashtiruvchi to’qimalarning haddan tashqari ko’payishi bilan fibroz mastopatiya, kanallarning ko’payishi va obstruktsiyasi bilan – kistali mastopatiy, bez to’qimalarining o’sishi bilan – adenomatoz rivojlanadi. Aralash variant – fibroz-kistali mastopatiya bo’lishi mumkin. Bu holatda, bezovtalik va ko’krakdan ajralma kelishi sut bezlarining shishishi va dag’allashishi kuzatiladi va bu ayniqsa, yangi sikl boshlanishidan oldin kuchayadi. Agar davo choralari ko’rilmasa, unda vaziyat yomonlasha boshlaydi, qattiqlashishlar tez ko’payadi, doimiy og’riqni keltirib chiqarishi va yomon sifatli xosilaga aylanishi mumkin.
Mastopatiyaning rivojlanishiga bir nechta omillar, jumladan proliferatsiya jarayonlarining buzilishi (hujayralar ko’payishi), yallig’lanish jarayonlari, noqulay ekologik vaziyat va irsiy moyillik kiradi. Shuning uchun mastopatiyani davolash murakkabdir. Tabiiy indol-3-karbinol va resveratrol birikmalari siklning ma’lum davrlarida to’qima o’sishining siklik jarayonlarini tartibga soladi. Antioksidantlar yallig’lanish va atrof muhit omillarining sut bezlariga zararli ta’sirini kamaytiradi. Ushbu moddalar bilan komplekslarni qabul qilish nafaqat mastopatiya holatini yaxshilashga, balki ushbu muammoga moyil bo’lgan ayollarda uning rivojlanish ehtimolini kamaytirishga yordam beradi.
Prostatitning yahshi sifatli giperplaziyasi va prostatit.
Erkaklarda eng ko’p uchraydigan muammolar prostatit (prostata bezining yallig’lanishi) va prostata bezining yaxshi sifatli giperplaziyasi (kattalashishi), boshqa nomi prostata adenomasi hisoblanadi. Ushbu ikkala muammo ham siyish paytida noqulaylik tug’diradi va jinsiy hayot sifatini yomonlashtiradi. Prostatit kuchli og’riq, isitma bilan kechadi va asorat sifatida pielonefrit va sistitni keltirib chiqarishi mumkin. Adenoma ham davolanishni talab qiladi, chunki to’qimalarning ko’payib borishi butun reproduktiv tizimning to’g’ri ishlashini qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, o’sib chiqqan to’qimalar yomon sifatli to’qimalarga aylanishi mumkin.
Ushbu muammolar bo’lganda erkaklar reproduktiv tizimini qo’llab-quvvatlash, yallig’lanish ta’sirini kamaytirish, prostata hujayralarini erkin radikallar zararlanishidan himoya qilish va ularning degeneratsiyasini oldini olish uchun antioksidantlarni va to’qimalarning ortiqcha o’sishini to’xtatish uchun indol-3-karbinolni berish kerak.

Reproduktiv salomatlikni qanday saqlash kerak?
Reproduktiv tizimni sog’lom saqlashga bir nechta qoidalar yordam beradi:
Reproduktiv tizimga xavf tug’dirmang.
Reproduktiv tizim organlari tashqi muhitning salbiy ta’siriga juda ta’sirchandir. Gipotermiya va haddan tashqari issiqlik, tekshirilmagan suv havzalarida suzish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, yog’li va achchiq ovqatlarni ko’p iste’mol qilish, sport bilan shug’ullanish paytida zarba tegishi kasallikni rivojlanishiga olib keluvchi ko’p uchraydigan omillar hisoblanadi.
Irsiy kasalliklar xavfini baholang.
irsiyat reproduktiv tizim a’zolari kasalliklarida muhim rol o’ynaganligi sababli, ikkala yo’nalishdagi qarindoshlarda ham reproduktiv salomatlik holati qandayligini bilish muhimdir. Qabul qilingan ma’lumotlar faol profilaktika uchun to’g’ri yo’nalishni tanlashingizga yordam beradi.
O’z vaqtida mutaxassislardan yordam so’rang.
Shifokor maslahatiga zarur bo’lgan asosiy belgilar: belning pastki qismida, qorinning pastki qismida og’riq, siyish qiyinlashishi, yaqinlik paytida noqulaylik, jinsiy aloqaga qiziqishni yo’qotish. Ayollarda ko’krak sohasida bezovtalik, tartibsiz sikl va vaznning keskin oshishi ham shifokorga tashrif buyurish uchun sabab bo’lishi kerak.