+99899 362 48 35

Rejalashtirish

Homiladorlikka tayyorgarlik

+99899 362 48 35

Rejalashtirish

Homiladorlikka tayyorgarlik

Homiladorlikka tayyorgarlik nima beradi?

1. Urug’lanish imkoniyatini oshirish.

Mutaxassislarning fikriga ko’ra, odatda, homiladorlik  kontratseptsiya vositasidan voz kechgandan keyin bir yil ichida sodir bo’lishi kerak. Faqatgina ushbu davrdan keyin ham ayolda homiladorlikning bo’lmasa, shundagina muammo hisoblanadi.

Shu bilan birga, ba’zi tekshiruvlarni oldindan o’kazish mumkin va hattoki zarur hisoblanadi, masalan, homiladorlikning boshlanishiga xalaqit beradigan infektsiyalarga tekshirish, erkak va ayolning reproduktiv tizimining holatini baholash uchun  ginekolog va androlog ko’rigidan o’tish.

Yana bir jihat ham bor. Erkakning nasl qoldirish qobilyatiga ko’plab omillar sezilarli darajada ta’sir qiladi: iste’mol qiladigan oziq-ovqati va yashash sharoiti va boshqalar.

 Agar  erkaklarning nasl qoldirish qobilyati  pasayishiga olib keladigan sabablarni istisno qilinsa, tabiiyki urug’lantirish imkoniyati oshadi.

Ayol tanasi ham yangi holatga o’tishga tayyorlanishi kerak. Masalan, agar bo’lajak ona og’iz orqali  kontratseptiv vositalar qabul qilgan bo’lsa, ovulyatsiya jarayonini tiklash uchun vaqt kerak bo’ladi. Xuddi shu narsa kuchli stress va  og’ir yuklama bilan ishlovchi ayollarga ham tegishli – ularda, odatda gormonal fon sezilarli darajada o’zgargan bo’ladi.

Homiladorlikka  tayyorgarlik ko’rish uchun maxsus kompleks vositalarni qabul qilish ham ayollarning, ham erkaklarning reproduktiv tizimini normallashtirishga yordam beradi va homiladorlik boshlanishini tezlashtiradi. Bunday vositalardan Androket va Ovulovit ni tavsiya qilamiz.

2. Sog'lom nasl

 Ota ham ona ham umumiy farzandining genetikasiga hissa qo’shadilar. Bolaga meros bo’lib o’tadigan genlarga ta’sir o’tkazish mumkinmi? Ha, bo’lar ekan!

Atrofimizdagi turli xil salbiy omillarga nisbatan eng zaif bo’lgan a’zolar, bu aniq jinsiy tizim organlari va genetik materialni olib yuruvchi jinsiy hujayralardir. Ularni  himoya qilishga antioksidant  kompleks preparatlar yordam beradi.

Bolaning irsiyatiga ta’sir qilishning yana bir jihati bor. Agar  72 kun davom etadigan spermatogenez uchun maqbul sharoitlarni ta’minlansa, shunda to’g’ri tuzilishga va buzilmagan DNKga ega bo’lgan sog’lom spermatozoidlar soni ko’payadi. Bu esa tuxum hujayrani sog’lom, etilgan spermatazoid  urug’lantirishi imkoniyatini keskin oshiradi.

Shuningdek, homiladorlikka tayyorgarlik jarayonida siz genetika mutaxassisi bilan maslahatlashib ko’rishingiz mumkin. Bu agar bo’lajak ota-onalardan kamida bittasining oilasida irsiy kasallik kuzatilgan  bo’lsa, buni qilish qilish zarur.

3. Xomilaning o'sishi va rivojlanishi uchun maqbul sharoit

Bolaning organlari va tizimlari otalangandan keyingi dastlabki kunlarda shakllanadi. Shu davrdanoq ba’zi moddalar tanadagi normal ehtiyojlarga qaraganda bir necha baravar ko’roq miqdorda sarflanadi.  Ayol hali homilador bo’lganligini bilmasidan,  embrionda u yoki bu moddaning etishmasligi boshlanishi mumkin.

Masalan, agar ayol tanasida foliy kislotasi etishmasa,  urug’langandan keyin 21-27 kun o’tib asab naychasidagi nuqsonlar sodir bo’lishi mumkin. Shuning uchun tanani homiladorlikdan  avvalroq embrionga kerak bo’ladigan vitaminlar va minerallar bilan ta’minlash kerak.

4. Ayolning sog'lig'iga g'amxo'rlik qilish

Homiladorlik paytida ko’pchilik ayollar tug’ulajak farzandini  sog’lig’ini birinchi o’ringa qo’yadilar. Shuni esda tutish kerakki, onaning  sog’lig’i ham juda muhimdir. Axir aynan ona, farzandini dastlabki oylar va hatto yillarda parvarish qiladi. 

Shuningdek ayol o’zini yaxshi his qilsa, tug’ruqdan keyin shunchalik tez tiklanadi va oilasiga, farzandiga ko’proq e’tibor qaratadi. Va homiladorlik va tug’ruqdan keyin tiklanish jarayoni asosan homiladorlikdan  oldin ayol tanasining holatiga ko’p jihatdan  bog’liqdir.

Homiladorlikka  qancha va qanday tayyorlanish kerak?

Mutaxassislarning fikricha, uch oy kifoya qiladi. Shu vaqt ichida  sog’liqni sezilarli darajada yaxshilay olasiz, kerakli mutaxassislar ko’rigidan o’tish, mavjud muammolarni bilib olishish va ularni hal qilish mumkin.

 

Agar siz uch oy kutishni xoxlamayotgan bo’lsangiz, homiladorlikdan avval homiladorlik va tug’ruqqa tayyorgarlikdan butunlay voz kechmang. O’rniga «minimal dastur» ni tanlashingiz mumkin. Bunda, qon rezus-faktorini aniqlash, jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalarga taxlil topshiring va   homilador bo’lishni rejalashtirganlar uchun kompleks preparatlarni  qabul qilishni boshlang