Ona suti bilan oziqlanish.
Bola ona suti bilan oziqlansa – bolani tug’ilish paytidan boshlab o’zi mustaqil ovqatlanishni boshlagungacha zarur moddalar bilan ta’minlanadi.
Bolaning organizmi ulg’ayishi va uning ehtiyojlari ortisi bilan ona sutining tarkibi ham o’zgarib boradi.
Sutning uch turi mavjud: og'iz suti, o'tish suti, yetilgan sut.
Tug’ilgandan keyingi dastlabki kunlarda og’iz suti ajralib chiqadi, uning tarkibi yangi tug’ilgan chaqaloqning buyraklari va oshqozon-ichak trakti hali to’liq rivojlanmaganligi uchun mo’ljallangan. Og’iz suti tezda to’ydiradi, chunki uning tarkibida juda oson hazm bo’ladigan oqsillar mavjud. Bundan tashqari, og’iz suti bilan bola gormon va peptidlarni oladi, ular go’dak tanasida ko’plab jarayonlarni ishlashini ta’minlaydi. Og’iz suti tarkibida A va E vitaminlari, sink va selen minerallari mavjud bo’lib, ular bolani kislorod stressidan himoya qiladi va immunitetni shakllantirish va ko’rishni rivojlantirish uchun zarurdir.
Keyin og’iz suti o’tish sutiga aylanadi. U og’iz sutidan ko’ra ko’proq ishlab chiqariladi. Uning tarkibida hatto bolaning oshqozon-ichak traktida ham faolligini saqlab qoladigan ko’plab o’sish omillari, immunitet hujayralari mavjud. Shuningdek, sut tarkibida laktobakteriyalar mavjud bo’lib, ular bola ichaklari normal florasini shakllantiradi.
Etuk sut tug’ruqdan keyingi taxminan 2-3 xaftada ishlab chiqarila boshlaydi. Uning tarkibida oson hazm bo’ladigan oqsillar va muhim aminokislotalar mavjud, ammo ko’proq uglevodlar va yog’lar bo’ladi, chunki bolada allaqachon ularni o’zlashtirish uchun fermentlar yetarli bo’ladi. Shuningdek, yog’lar va uglevodlar energiya manbai hisoblanadi, shuning uchun bola faolroq bo’lib qoladi.

Ona sutining tarkibi
Suv, oqsillar, uglevodlar (shu jumladan shakar), yog’lar (to’yingan ва to’yinmagan), A, B1, B2, B3, B5, B6, B9, B12, C, E, K vitaminlari, beta-karotin, kaltsiy minerallari, temir , magniy, fosfor, kaliy, natriy, rux. Sutdagi ko’pgina mikroelementlarning tarkibi ayolning ovqatlanishiga bog’liq.
Shuningdek, sut tarkibiga quyidagilar kiradi.
- Fermentlar – bola organizmi ozuqa moddalarni o’zlashtirishi uchun, o’zida etarlb miqdorda islab chiqarguncha yordam berib turadi.
- Immunitet hujayralari – fagotsitlar, T- va B-limfotsitlar, immunoglobulinlar, lizozim va laktoferrin (sut tarkibidagi barcha oqsillarning 15% gacha).
- Kolonizatsiya uchun bifidobakteriyalar.
- Gormonlar va o’sish omillari.
Ona sutidagi temir miqdori doimiy bo'lib qoladi
Ayolning taomi tarkibi sutidagi temir miqdoriga hech qanday ta’sir qilmaydi. Bu shuni anglatadiki, har qanday holatda ham, ayol tanasidan temir sutga o’tadi.
Homiladorlik paytida ayolning temirga bo’lgan ehtiyoji deyarli ikki baravar ko’payganligini hisobga olsak, yetarli miqdorda temir olishini ta’minlash kerak bo’ladi. Aks holda, onada kamqonlik kelib chiqishi mumkin.
Sut tarkibidagi yog' miqdori onaning ovqatlanishiga bog'liq emas.
Ona suti tarkibidagi yog’ miqdori onaning ovqatlanishiga bog’liq emas. Bundan tashqari, sut bezlarining turli sohalarida ishlab chiqarilgan sut yog’ligi farq qiladi. Bolaning emishni boshlaganda oladigan suti kam yog’li bo’ladi va chanqoqni yaxshi qondiradi . Sut bezini orqa qismidan chiqadigan sut yog ‘liroq bo’lgani sababli ko’proq to’yimli bo’ladi.
Lekin, sut tarkibidagi yog’larning sifati to’g’ridan-to’g’ri onaning ovqatlanishiga bog’liq bo’ladi. Agar uning taomida ko’p to’yinmagan yog’li kislotalar mavjud bo’lsa, ular sutga o’tadi.

Oziq moddalar yetishmasligining asosiy sabablari.
Emizikli onalar ko’pincha taomnomasini cheklashadi, chunki ular chaqalog’ini allergiya va ovqat hazm qilish muammolaridan himoya qilishga harakat qilishadi.Lekin, onaning parhezli va bir xildagi ovqatlanishi bola zarur mikroelementlarni yetarli olmasligiga olib keladi.
Va bu bola rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Xususan, yod tanqisligi bilan bolaning o’sishi va aqliy rivojlanishi sekinlashadi.
Emizuvchi onaga Ovulovit majmuasi yordam beradi. Ovulovit tarkibida ona va bola uchun zarur bo’lgan vitaminlar va minerallar (yod va temir ham) mavjud.
Farzandingiz to’g’ri ovqatlanishiga e’tibor bering!