+99899 362 48 35

Homiladorlik

To’g’ri o’sish va rivojlanish haqida qayg’uramiz

+99899 362 48 35

Homiladorlik

To’g’ri o’sish va rivojlanish haqida qayg’uramiz

Farzand kutish

Farzand kutish quvonchli va ayni paytda mas’uliyatli davrdir. Bu paytda bola to’g’ri o’sishi va rivojlanish bo’lajak ona hayotida juda ko’p narsani 

o’zgartirishi kerak bo’ladi. Ayniqsa taomnomasini qayta ko’rib chiqish ayniqsa muhimdir.

Bo’lajak onaning barcha ozuqa moddalarga bo'lgan ehtiyoji ortadi: oqsillar, yog'lar va uglevodlardan tortib to vitaminlar va minerallargacha.

Homiladorlik paytida organizm ikki kishi uchun «ishlaydi». Shu sababli, barcha ozuqa moddalar ham ayol tanasining hayotiy funktsiyalarini ushlab turish uchun, ham homilaning shakllanishi, o’sishi va rivojlanishi uchun sarflanadi. Taom miqdorini ozgina oshirib, oqsillarni, yog’larni va uglevodlarni keraklicha iste’mol qilishni ta’minlash mumkin. Ammo vitaminlar va minerallar bilan vaziyat bir muncha qiyinroq bo’ladi.

Homiladorlik paytida ba’zi vitaminlar va minerallar sarflanishi 2-4 barobar ko’payadi! Masalan, temir qonda kislorod tashuvchi gemoglobin oqsilining bir qismini tashkil etadi.  Homiladorlik  paytida ayolda qon aylanishi 50 foizgacha oshadi. Shuning uchun temirga bo’lgan ehtiyoj ortib ketadi.

 

Yana bir misol – foliy kislotasi. U hujayralarning o’sishi va bo’linishini tartibga soladi va homiladorlik paytida bu jarayonlar ayniqsa kuchli bo’ladi va foliy kislotasiga bo’lgan ehtiyoj keskin ortadi.

Tez ochqash va ta'm sezgisidagi noodatiy o’zgarishlar - organizm tomonidan mikroelementlarning yetishmasligini qoplashga urinishdir.

Kundalik iste’mol qilinadigan taomlarda organizmni odatdagi ehtiyojlarini ham to’liq qondirish uchun  tarkibida vitaminlar va minerallar juda oz. Shu sababli, organizm ko’proq ovqat iste’mol qilsam, ko’proq mikroelementlar ta’minlanadi, deb «o’ylaydi». Bundan tashqari, organizm kerakli vitamin va minerallarni qaerdan olganini «eslab» qolishi va ushbu mahsulotlarga talab qilishi mumkin.Ammo homiladorlikdan oldingiga nisbatan 2 yoki 4 barobar ko’proq ovqat iste’mol qilish  yaxshi yechim emas. Birinchidan, oziq-ovqat miqdorini ko’paytirish tanani kerakli miqdordagi vitamin va minerallarni olishiga kafolat emas. Ikkinchidan, bu tana vaznini keskin o’sishiga olib kelishi mumkin, bu ham yaxshi emas, chunki bo’lajak onaning sog’lig’ini yomonlashtiradi.

Sabzavotlar va mevalar homiladorlik paytida muhim vitaminlar va minerallar yetishmovchiligini yengishga yordam berolmaydi

Ko’p ayollar o’zlarini va bo’lajak farzandini vitaminlar va minerallarga bo’lgan extiyojini taomnomasida sabzavot va mevalar ulushini oshirish orqali ta’minlashga harakat qilishadi. Ammo o’simlikdan tayyorlangan taomda hamma kerakli mikroelementlar ham  mavjud emas. Masalan, B vitaminlarining asosiy manbalari sut va go’sht mahsulotlari (ayniqsa, ichki organlar), D vitamini «etkazib beruvchisi» esa sariyog’ hisoblanadi.

Bolaning yuragini to’g’ri shakllantirish uchun zarur bo’lgan va yangi tug’ilgan chaqaloqlarning to’satdan  o’limini oldini oladigan selen kabi muhim mineral qo’ziqorin, sarimsoq va dengiz maxsulotlarida uchraydi. Hamma ayollar ham ularni har kuni va yetarli miqdorda iste’mol qila olmaydilar.

Vaziyat yod bilan yanada murakkablashadi, uning yetishmasligi tug’ma nuqsonlarni keltirib chiqaradi, shu jumladan kretinizm, pakanalik, aqliy zaiflikni kuzatilishi mumkin. Yod asosan yodlangan tuz yoki suvda uchraydi. Ammo taomda tuzning ko’payishi homiladorlik paytida o’zi kuchli yuklama kuchaygan bilan ishlayotgan buyraklarning ishlashiga salbiy ta’sir qiladi.

Ovulovit – homilador ayollar uchun zamonaviy vitamin va mineral kompleks vositadir.

Ovulovit vitamin-mineral kompleksi bo’lajak onani mikroelementlar bilan ta’minlashga yordam beradi. Tarkibida  oson hazm bo’ladigan va biologik mavjud shakllarda homiladorlik paytida zarur bo’lgan vitaminlar va minerallar to’plami, shuningdek o’simliklar ekstrakti mavjud.