
Bolaga qaysi vaqt xarakat qiliniladi?
Oldingi maqolada bola paydo bo‘lish tartiblarini tushunib oldik. Ayollardagi tuxum xujayra yetilib chiqish vaqtini aniqlash qoldi xolos.
Farzand ko‘rish masalasi bilan murojaat qilgan yigitlarning deyarli barchasida bolaga xarakat qilish vaqti bo‘yicha tushuncha mavjud emas. Ko‘pchilikda ayollar orgazm xis qilishi, tuxum xujayra chiqishiga sabab bo‘ladi degan fikr bor. Bu noto‘g‘ri fikrdir! Jinsiy aloqadagi orgazm (lazzatlanish) va tuxum xujayra chiqishi bir-biriga bog‘liq jarayon emas.(1)
Ayollarda bir oyda bir dona, ba’zan ikki dona tuxum xujayra yetilib chiqadi. Tuxum xujayra yetilishi xamma ayolda turlichadir. Buni bilish uchun avvalo ayolning oy ko‘rish (menstrual) siklini davomiyligini bilish kerak. Ko‘pchilik ayollarda bu sikl 28-30 kunni tashkil qiladi. Lekin 20-45 kunliklar xam me’yoriy xisoblanadi. Siz o‘z ayolingizni sikl vaqtini aniqlashingiz kerak. Sikl boshlanishi qon ko‘rish boshlangan kundan xisoblanadi!!! Ko‘pchilik qon to‘xtashini xisoblashni odat qilib olgan. Demak qon ko‘rish boshlangan kun 1-kun. Keyingi qon ko‘rish boshlanishi kutiladi. Keyingi qon kelish boshlangan kungacha o‘tgan vaqt sikl vaqti deyiladi va u doim bir xil bo‘lishi kerak. Misol uchun sikl vaqti 30 kun bo‘lsa, xar doim 30 kunda kelishi kerak. Agar bir necha kunga farq qilsa, ginekolog ko‘rigiga borish kerak.
Tuxum xujayra yetilib, yoriladigan kunni topish uchun sikl vaqtini ikkiga bo‘lamiz. Ya’ni misolimizdagi 30 kunlik sikl vaqtini 2 ga bo‘lamiz. Tuxum yetilishi 15-kunga to‘g‘ri keladi. 28 kunlik siklda tuxum yetilishi 14-kunga to‘g‘ri keladi.
Sikl davomiyligi | Tuxum yetiladigan kun |
32 | 16 |
30 | 15 |
28 | 14 |
26 | 13 |
24 | 12 |
Doim xam xuddi shu kuni tuxum yetilmasligi mumkin. Tanadagi endokrin bezlari xolatiga ko‘ra bir necha kunga farq qilishi mumkin. Tuxum yorilishini aniq bilish uchun: ultratovush tekshiruvi, bazal xaroratni o‘lchash, bachadon bo‘yni shillig‘ini nazorat qilish va boshqa usullari mavjud. Ularga bu yerda to‘xtalib o‘tirmaymiz. Buni aniq bilish uchun ginekolog ko‘rigidan o‘tishingiz kifoya. Yetilgan tuxum xujayra atiga 24 soat tirik yuradi. So‘ng nobud bo‘ladi. Qisqaroq xulosa qiladigan bo‘lsak, bola ko‘rish uchun 1 oyda atiga 24 soat vaqt mavjud.
Oldingi bo‘limda aytib o‘tganimizdek, erkaklar urug‘ xujayralari ayol tanasida 3-5 kungacha tirik yurishi mumkin. Tuxum yetiladigan vaqt va erkaklik urug‘i tirik yuradigan vaqtni jamlasak, bola ko‘rish uchun 1 oyda 2-3-(5) kun vaqt paydo bo‘ladi.
Qisqa xulosa:
- Tuxum yetiladigan vaqt – ayol oy ko‘rish siklini teng yarmi. Buning uchun qon ko‘rish boshlangan kunni 1-kun deb xisoblashimiz kerak. Misol: oy ko‘rish sikli 30 kun bo‘lsa, tuxum yetilishi 15-kunga to‘g‘ri keladi.
- Erkaklar urug‘ini ayol tanasida tirik yurish vaqti va ayoldagi tuxum yetilish vaqti o‘zgarib turishini xisobga olib, bolaga xarakat qilinadigan kunlar quyidagicha olingan. Misol: oy ko‘rish sikli 30 kun bo‘lsa, bolaga xarakat qilinadigan vaqt 12-13-14-15-16 kunlar deb oliniladi. Buning uchun qon ko‘rish boshlangan kunni 1-kun deb xisoblashimiz kerak.