
Bu qismda bola ko‘rish uchun jinsiy aloqa vaqtlari, xolatlari va aloqadan keyingi zaruriyatlarga to‘xtalib o‘tamiz.
Aloqa vaqtlari
Juda ko‘pchilikda 1 xaftada necha marta jinsiy aloqa qilish kerak degan savol qiynaydi. Yangi uylangan yigitlarda aniq miqdor belgilanmagan. Bu narsa erkaklik quvvatiga qaraladi. Lekin keyinchalik xaftada 2-3 marotabasi nisbiy me’yor qilib belgilangan. Farzand ko‘rish uchun xam xaftada 3 marotaba aloqa qilishlik tavsiya etiladi. Sabablari quyidagicha:
- Erkak urug‘lari yetilishi uchun ma’lum vaqt talab qiladi. 1-2 kunda xarakatchan va yetilgan urug‘lar ko‘payadi. Bu farzand tutishi uchun juda zarur.
- Bir kunda bir necha marotaba aloqa qilish bola tutish extimolini ko‘paytirmasligi tekshiruvlarda aniqlangan.
- 1-2 kunda aloqa qilish, tuxum xujayra yetilish vaqtini o‘tib ketishini oldini oladi.
Aloqa xolatlari (poza)
Bunga tibbiy emas, balki fizik qonuniyat aloqadordir. Erkak urug‘i suyuq xolatda bo‘lib, boshqa suyuqliklar kabi pastga oqish xususiyati bor. Shuning uchun jinsiy aloqada ayol tepada yoki tik xolatda bo‘lmasligi kerak.
Aloqadan keyin
Aloqadan keyin urug‘ suyulishi va bachadon ichiga oqib kirishi uchun ma’lum vaqt va sharoit kerak bo‘ladi. Odatda urug‘ suyuqligi 20-30 minut atrofida suyuladi. So‘ng bachadon bo‘yni shillig‘i orqali bachadon ichiga kiradi. Qin bo‘shlig‘ida ma’lum miqdordagi urug‘ qolib ketadi. Bu miqdorni iloji boricha kamaytirish uchun shu soxani tuzilishini bilishimiz kerak.
Bachadon bo‘yni qin ichiga bo‘rtib kiradi va eng bo‘rtgan qismida kanal teshigi bo‘ladi. Bachadon bo‘yni bo‘rtib kirishi natijasida qin gumbazlari xosil bo‘ladi. Urug‘ ayni shu gumbaz qismini to‘ldiradi va ortgan urug‘ bachadon ichiga kiradi. Ayol oyoqlarini tepaga qilib yotishi, urug‘ gumbazda to‘liq qolib ketishiga yoki bachadon ichiga kam miqdorda kirishiga sabab bo‘ladi. Tekis xolatda yotish xam urug‘ni qin devorlarida qolib ketishiga va urug‘ni bachadonga kirmasligiga sabab bo‘ladi.
Tavsiya qilinadigan xolat: dumg‘aza(dumba) ostiga narsa qo‘yishdir. Shu xolatda 1-2 soat yotish tavsiya etiladi. Bu xolat faqatgina ayollardagi tuxum yoriladigan (bola bo‘ladigan) kunlari qilinadi. Boshqa kunlari shart emas.